Jamiyat | 18:23 / 24.07.2022
12389
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda Damas soyga tushib ketdi, Lacetti to‘siqqa borib urildi

Foto: Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Namangan viloyati Pop tumanida 23 iyul kuni avtomashina ehtiyotsizlik oqibatida soyga tushib ketdi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qilishicha, «Chodak» MFY hududida Damas avtomashinasini yo‘lovchilarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi mashinani orqaga qaytarib olmoqchi bo‘lgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, soyga tushib ketgan. YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. Haydovchiga jiddiy tan-jarohati yetmagan.

«Shu o‘rinda barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda hushyorlikni oshirishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Shuningdek, Namangan viloyati Namangan shahrida to‘siqqa urilgan avtomashinaga shikast yetdi. 

Qayd etilishicha, Islom Karimov ko‘chasida Lacetti transport vositasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu ko‘chada joylashgan Uch pahlavon haykali oldidagi to‘siqqa borib urilgan.

Foto: Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. Jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid