O‘zbekiston | 07:39 / 26.08.2022
7369
1 daqiqa o‘qiladi

Ekologik huquqbuzarliklarni dron yordamida aniqlash boshlandi

Dron yordamida noqonuniy huquqbuzarliklar aniqlanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida joriy yil 24 avgust kuni Peshku tumani Qoraqir massivida dronlar orqali ekologik nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi

Olib borilgan tadbirlar davomida, Qoraqir massividan fuqaro A.B.  hech qanday ruxsatnomasiz qamish o‘simligini yuk mashinasiga yuklab olib  ketayotgani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Viloyat bo‘ylab dronlar yordamidagi nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga oid