O‘zbekiston | 07:45 / 30.08.2022
4167
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir qancha elchilarga oliy diplomatik martabalar berildi

Mamlakat mustaqilligi 31 yilligi arafasida O‘zbekiston prezidenti farmonlari bilan qator diplomatik missiyalar rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar qilishicha, O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Orziyev va Turkmanistondagi elchisi Akmal Qo‘chqorovga - favqulodda va muxtor elchi martabasi berildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev, YuNeSKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyev va  Jyenevadagi BMT bo‘linmasidagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasovga - 2-darajali favqulodda va muxtor vakil martabasi berildi.

«O‘zbekiston diplomatik xodimlari uchun diplomatik darajalar va unvonlar belgilash to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, favqulodda va muxtor elchi, birinchi va ikkinchi darajali favqulodda va muxtor elchi diplomatik darajalari prezident farmonlari bilan beriladi.

Favqulodda va muxtor elchi martabalari umrbod beriladi.

Mavzuga oid