Jahon | 12:55 / 13.09.2022
12571
1 daqiqa o‘qiladi

Pashinyan tungi to‘qnashuvlardagi qurbonlar haqida ma’lumot berdi

13 sentabrga o‘tar kechasi Ozarboyjon bilan chegaradagi otishmada 49 nafar arman askari halok bo‘lgan. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat parlamentida chiqishida aytdi.

Foto: AP

Pashinyanning aytishicha, bu raqamlar ortib boradi. Armaniston yetakchisi tongga borib ikki davlat chegarasidagi harbiy harakatlar intensivligi pasayganini aytdi. Pashinyanga ko‘ra, Armanistonning murojaati asosida KXShT doimiy kengashi yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, 13 sentabrga o‘tar kechasi Armaniston va Ozarboyjon chegarasida otishma sodir bo‘ldi. Ikki tomon vaziyat keskinlashuvida bir-birini aybladi. Armaniston Xavfsizlik kengashini chaqirgan Pashinyan kengashi yig‘ilishi oldidan Rossiya prezidenti Putinga qo‘ng‘iroq qildi.

Ozarboyjon tomoni keskinlik boshlanishiga Armaniston tomonidan o‘t ochilgani sabab bo‘lganini bildirdi. Turk nashrlari o‘z manbalariga tayanib Ozarboyjon Qorabog‘da harbiy amaliyot boshlashga tayyorlanayotganini yozdi. Hududdagi Rossiya harbiy bazasida ham keskinlik fonida trevoga sirenalari chalingan.

Mavzuga oid