Jahon | 23:03 / 14.10.2022
14425
1 daqiqa o‘qiladi

XVF Rossiya iqtisodiyotining «chuqur» retsessiyaga kirganini e’lon qildi 

Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalarning salbiy ta’siri tufayli, mamlakat iqtisodiyoti allaqachon «chuqur» tanazzulga yuz tutgan.  

Foto: Konkov Sergey

Shu bilan birga, pasayish 2023 yilda ham davom etadi, dedi Xalqaro valuta fondi (XVF) Yevropa departamenti rahbari Alfred Kammer jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda. 

«Rossiya iqtisodiyoti 2022-2023 yillarda pasayadi, bu chuqur retsessiya», - dedi Kammer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil va keyingi yil ko‘plab Yevropa davlatlari ham muammolarga duch keladi. Biroq, ularning yalpi ichki mahsulotining pasayishi Rossiyanikidek katta bo‘lmaydi. 

11 oktabr kuni XVF Yevrozona iqtisodiyotining 2022 yil oxirigacha o‘sishi bo‘yicha prognozini 3,1 foizga yaxshiladi. Biroq 2023 yilda mintaqa yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 0,5 foizgacha sekinlashadi. Shu bilan birga, iyul oyida XVF Yevrozona iqtisodiyoti atigi 2,6 foizga o‘sishini bashorat qilgan edi.

Mavzuga oid