Jizzaxda paxta g‘aramiga o‘t ketdi
Yong‘inda ikkita paxta g‘aramining ustki qismi to‘liq yonib ketgan.
Jizzax viloyati FVB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 12 oktyabr kuni soat 18:13 larda viloyat FVB navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani “Uchtepa” MFY hududida joylashgan “Jizzax Instural To‘qima” MChJga qarashli paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:20 da yetib borib, soat 18:24 da yong‘in o‘rab olingan, 18:50 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 1 ta 14-sonli g‘aramning ustki qismi to‘liq va 15-sonli g‘aram ustidagi “Sulton” navli paxta tolalari yongan. Yong‘inda 35-40 kilogramm paxta tolalari yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Sodir bo‘lgan yong‘inga viloyat FVB rahbariyati va Tezkor boshqaruv markazi xodimlari chiqishgan.
Mavzuga oid
15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024