Vengriya O‘zbekistonda avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Budapesht shahrida Vengriya avtomobilsozlik sanoatida yuqori texnologik ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi Raba Automotive Holding Plc. kompaniyasi bosh ijrochi direktori Bela Xetsman bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Suhbat davomida Bela Xetsman O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida kuchli avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sanoatiga egaligi, UzAuto kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Vengriya kompaniyasi uchun katta ahamiyatga egaligini ta’kidladi.
2022 yil 4 oktabr kuni Raba Automotive Holding, UzAuto va O‘zbekiston To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi o‘rtasida memorandum imzolangan bo‘lib, unda tomonlar avtomobillar uchun g‘ildirak o‘qlari va shassi butlovchi qismlarini yetkazib berish, ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishi belgilangan.
Ushbu masalani batafsil muhokama qilish va hamkorlik bosqichlarini belgilab olish uchun Bela Xetsmanning 10-11 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi Vengriya delegatsiyasi tarkibida Samarqand shahriga tashrifini amalga oshirishga kelishildi.
Uchrashuv davomida 10 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida ishtirok etish hamda mahalliy hamkorlar bilan tegishli investitsiya loyihalarini muhokama qilish uchun ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etish reja qilindi.
Mavzuga oid
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
21:33 / 20.12.2024
Viktor Orban Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan oldin Trampning inauguratsiyasini kutmoqchi
14:03 / 12.12.2024
Vengriya Moskva va Kiyevga sulh tuzishni taklif qildi
23:06 / 06.12.2024