O‘zbekiston | 15:57 / 16.11.2022
7727
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida Nexia-2 mashinasi yonib ketdi

Nexia-2 mashinasi o‘zidan oldinda harakatlangan va qayrilib olayotgan «Kamaz»ning g‘ildiragi bilan to‘qnashgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 noyabr kuni soat 09:15 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati, Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi 818-kilometrida Kamaz yuk mashinasi va Nexia-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1981 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.G‘. Nexia-2 mashinasi bilan harakatlanayotib, o‘zidan oldinda harakatlangan va qayrilib olayotgan «Kamaz» yuk mashinasining g‘ildiragi bilan to‘qnashgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

To‘qnashuv oqibatida Nexia-2 mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan, ammo ungacha Nexia-2 mashinasining salon, motor qismlari va old g‘ildiragi yonib ketgan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda DAF rusumli yuk mashinasining balloni yorilgan va o‘zidan oldinda qayrilib olayotgan Lada Largus bilan to‘qnashgan. Oqibatda yuk mashinasida yong‘in kelib chiqib, u yonib ketgandi.

Mavzuga oid