O‘zbekiston | 11:15 / 02.12.2022
9571
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘sishi davom etmoqda. SSV matbuot xizmati yoz o‘rtalaridan buyon ilk bor mamlakatning barcha hududlarida yangi holatlar qayd etilganini xabar qildi.

«2022 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 12 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 12 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 19 nafari Toshkent viloyatida,
  • 64 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, noyabr oyi oxirida O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘sa boshladi. 25 noyabr kuni iyun oyidan buyon kunlik kasallanish holatlari soni ilk bor 100 dan oshib, 124 kishiga kasallanish tashxisi qo‘yildi. Keyingi kunlarda faqat ko‘tarilish kuzatilmoqda, 29 noyabr kuni 141, 30 noyabr kuni 154 kishida kasallik aniqlangandi.

Mavzuga oid