Jahon | 12:22 / 03.12.2022
15807
3 daqiqa o‘qiladi

ISW: Rossiya G‘arbni oldindan yon berishga majburlamoqchi

Rossiya G‘arbning muloqotga bo‘lgan intilishidan foydalanib, G‘arb rasmiylari Rossiya Federatsiyasini muzokaralarga kirishishga ko‘ndirish umidida oldindan yon berishga majbur bo‘ladigan dinamikani yaratishga harakat qilmoqda. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti tahlilchilari (ISW) yozyapti. 

Foto: AP

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonotlari, ular kutilayotgan dastlabki imtiyozlardan ba’zilari qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. 

Xususan, gap G‘arbning Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamini qisqartirish, Ukraina hududlarining Rossiya tomonidan noqonuniy annexia qilinishini tan olish hamda NATO va G‘arbning Yevropadagi harbiy amaliyotlarini cheklash haqida bormoqda. 

«Kreml muzokaralar mavzusida ham noaniq qolmoqda, ehtimol G‘arb rasmiylarini bunday muzokaralar o‘t ochishni to‘xtatish, tinchlik jarayoni yoki yakuniy tinchlik kelishuviga qaratilganligi aniq belgilanmagan holda muzokaralar jarayonini boshlashga ko‘ndiradi», deya ta’kidlaydi ISW. 

Mutaxassislarning ishonchi komilki, Rossiya Ukraina va G‘arb davlatlari bilan harbiy harakatlarda pauza yaratadigan va Ukrainada maksimalistik maqsadlarga erishish uchun Rossiya Federatsiyasiga kelajakdagi harbiy operatsiyalar uchun qurolli kuchlarni kuchaytirishga imkon beradigan vaqtinchalik kelishuvdan faqat foyda ko‘radi. 

Bundan oldin ISW Rossiya kuchlarining 2022 yil noyabrida Belarusga joylashtirilishi, ehtimol, Rossiyaning Ukrainaga shimoldan qayta kirishga tayyorgarlik ko‘rmasdan, Ukraina va G‘arb mamlakatlariga qaratilgan axborot operatsiyasini o‘tkazishga qaratilgan harakatlarining bir qismi bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.

Noyabr oyi o‘rtalarida olingan sun’iy yo‘ldosh suratlari Brest viloyatidagi 230-umumqo‘shin Obuz-Lesnovskiy poligonida rus texnikasi ko‘payganini ko‘rsatadi. Bu joylashuvlar Rossiyaning o‘z kuchlarini tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va Belarusdan amalga oshiriladigan jangovar harakatlarga tayyorgarlik emas, deydi tahlilchilar. 

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bir kun avval, uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bo‘linmalar «jangovar shay holatga keltirilgach» Rossiya Federatsiyasi «alohida bo‘linmalarni» Belarusdan Ukrainaning aniqlashtirilmagan hududiga o‘tkazishini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, Ukraina Bosh shtabi Ukrainaning shimoliy chegaradosh viloyatlari yaqinida Rossiya Federatsiyasining hujumkor guruhlarini shakllantirish belgilarini kuzatmayotganini qayd etdi. 

Ushbu bayonot ISW’ning rossiyalik yo‘riqchilar orasidagi jangovar yo‘qotishlar va safarbarlik bilan bog‘liq stress Rossiyada o‘qitish imkoniyatlarini kamaytirgani va Belarusdagi mashg‘ulotlar imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini oshirganligi haqidagi bir nechta taxminlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

ISW ekspertlari xulosalariga ko‘ra, Kreml shuningdek, Rossiya kuchlarining Belarusda joylashtirilishidan Kiyev atrofida Ukraina qo‘shinlari harakatini kechiktirish va shu tariqa ularni janub hamda sharqda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun axborot operatsiyasi sifatida qo‘llashga harakat qilmoqda.

Mavzuga oid