O‘zbekiston | 10:21 / 07.12.2022
5541
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoydan 21 ming tonna choy sotib oldi

Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-oktabr oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida choy birinchi o‘rinni egalladi – 21,6 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,9 ming tonna hamda 729 tonna miqdorda sotib olingan mandarin va olma joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan oziq-ovqat mahsulotlari kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • makkajo‘xori – 659 tonna;
  • kakao va shokolad – 563 tonna;
  • o‘simlik yog‘i – 556,5 tonna;
  • qandolat mahsulotlari – 201 tonna;
  • qahva – 67,5 tonna;
  • baliq va dengiz mahsulotlari – 46,5 tonna;
  • sut mahsulotlari – 27,2 tonna.

Mavzuga oid