Rossiya samolyoti yo‘lovchining bezoriligi tufayli Samarqandga favqulodda qo‘ndi
«Bangkok-Moskva» reysida yo‘lovchi o‘zini gubernatorning o‘g‘li deb tanishtirib, styuardessani turtib yuborgan.
Tailand poytaxti Bangkokdan Rossiya poytaxti Moskvaga uchgan Aeroflot kompaniyasining Boeing-777 samolyoti Samarqandga favqulodda qo‘ndi.
Mash telegram kanali xabariga ko‘ra, bunga yo‘lovchining bezoriligi sabab bo‘lgan. Jumladan, o‘zini Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Aleksandr Ussning o‘g‘li deb tanishtirgan yo‘lovchi styuardessadan o‘ziga alohida ehtirom ko‘rsatilishini talab qilgan. Ammo, o‘zining hiylasi fosh bo‘lgach (chunki Ussning o‘g‘li Italiyada qamoqda), rad javobini olgan. Shundan so‘ng u oziq-ovqat aravasi bilan styuardessani turtib yuborgan. Oqibatda ayol yiqilib, boshini urib olgan. Boshqa yo‘lovchilar styuardessani himoya qilishga urinib, bezori bilan mushtlashib ketishgan.
Bundan tashqari, yuzaga kelgan noxush vaziyat tufayli biznes-klassda uchayotgan homilador ayol o‘zini yomon his qilgan.
Hodisa yuzasidan samolyot ekipaji eng yaqin aeroportga favqulodda qo‘nishga qaror qilgan. Samolyot Samarqandga qo‘ngach, militsiya janjal qilganlarni qo‘lga olgan, ayol esa tug‘uruqxonaga yetkazilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024