O‘zbekiston | 20:57 / 06.02.2023
13777
7 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda Nukus voqealarida ayblanayotgan yana 39 kishi ustidan sud boshlandi

Bugun, 6 fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi D. Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar:

Alimbay Mirzambetov (1979 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Dauletkeldi Nadirbayev (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, AT “Xalq banki” Taxtako‘pir filiali yuristi);

Kamal Yeshjanov (1999 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Muratbay Pirlepesov (1978 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibdagi tadbirkor);

Adilbek Sariyev (1985 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi);

Nusret Bauyetdinov (1970 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Alysher Sharapov (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishchi);

Ongarbay Mamutov (1966 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, 2-guruh nogironi);

Zamirbek Tajimuratov (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Timurbek Ismailov (1997 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, 12-sonli maktab o‘qituvchisi);

Rasul Sultaniyazov (1990 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Trans Less” MChJ ishchisi);

Omirbek Kurbanov (1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi);

Raximjan Jumabayev (1992 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, taksi haydovchisi);

Abzal Naurizbayev (1996 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi);

Nurmuxammed Genjyebayev (2004 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Islambek Aitmuratov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qo‘ng‘irot vagon deposi vagon tekshiruvchisi);

Aydos Yesemuratov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Kuanishbay Begaliyev (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Trans yo‘l qurilish” MChJ haydovchisi);

Manas Raxmanov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – o‘zbek, “Zarqand” qandolatchilik mahsulotlari korxonasi agenti);

Amantay Seytmuratov (1976 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi;

Polat Yesengeldiyev (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ vagon kuzatuvchisi);

Oralbay Dosnazarov (1977 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – o‘zbek, “Nizam ustinligi” AH advokati);

Islam Polatov (1999 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz).

Sharapat Ashirbekov (1979 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Dao‘ranbek Ramanov (1996 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Abdimalik Xojanazarov (1974 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Yel xizmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan);

Yesimqan Qanaatov (1981 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ishonch” gazetasi muxbiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlari;

Rustam Dosimbetov (1985 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz);

Kongratbay Bekpolatov (1985 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Berdi-Trans” MChJ haydovchisi);

Ruslan Baimbetov (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Davlet Trans” MChJ haydovchisi);

Quanishbay Baxiyev (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi);

Islam Saparov (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi);

Nuratdiyin Xabipov (1992 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Milliy gvardiya Nukus shahar qo‘riqlash bo‘limi safdori bo‘lib ishlagan);

Zairbek Pirjanov (1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus shahridagi prezident maktabi haydovchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi va 244-moddasi 3-qismi;

Nursultan Duysenbayev (1998 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qozoq, mavsumiy ishchi);

Nursultan Baylepesov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, haydovchi);

Alpamis Jumabekov (1994 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, mavsumiy ishchi);

Azamat Allanazarov (1997 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yo‘nalishli taksi haydovchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandi;

Asilbek Omirzakov (1991 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – qozoq, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi) Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi “a”, “v” bandlari va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklar oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq odam yaralangandi.

31 yanvar kuni Buxoroda Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishiga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan, xususan, asosiy aybdor Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga qamalgandi.

Mavzuga oid