O‘zbekiston | 18:11 / 13.02.2023
14702
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda bo‘ri so‘ygan fuqaro jazolandi

Voqea 2 yil oldin sodir bo‘lgani aniqlangan.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Ikki yil oldin Jizzax viloyati, Yangiobod tumanida bo‘ri so‘ygan fuqaro jazoga tortildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Yangiobod tumanida yashovchi fuqaro tomonidan bo‘rining so‘yilishi aks etgan suratlar tarqalgan. Shundan so‘ng, Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi ekologik inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borilgan. Natijada, ushbu voqea 2 yil oldin sodir bo‘lgani aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Mavzuga oid