Xalqaro sud Rossiyani harbiy jinoyatlarda ayblamoqchi – OAV
Gap ukrainalik bolalarning o‘g‘irlab ketilishi va Ukraina fuqarolik infratuzilmalariga zarba berish haqida ketmoqda.
Niderlandiyaning Haaga shahridagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiyani Ukrainadagi harbiy jinoyatlarda ayblab, ikkita ish qo‘zg‘atmoqchi. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.
Gap ukrainalik bolalarning o‘g‘irlab ketilishi va Ukraina fuqarolik infratuzilmalariga zarba berish haqida ketmoqda. Bu holatlar 2022 yil fevralida urush boshlanganidan beri qo‘yilgan birinchi xalqaro ayblov bo‘ladi. Ular maxsus guruh tomonidan bir necha oy davomida tergov qilingan.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, sud ukrainalik bolalarni o‘g‘irlash va ularni Rossiyaga olib o‘tishda ishtirok etgan shaxslarni hibsga olish uchun order berishni talab qilmoqchi. Bundan tashqari, ayblovlar Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga «qasddan hujumlar»da ishtirok etganlarga ham tegishli bo‘ladi.
AQSh Davlat departamentining mojarolarni kuzatish dasturi va Yyel universiteti hisobotiga ko‘ra, Ukrainadan olib chiqilgan kamida 6 ming bola Rossiyaning 43 ta lagerida saqlanmoqda. Amalda bu raqamlar yanada katta bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024