Sudandagi janglarda 100 dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘ldi
Sudan armiyasi va isyonchilar o‘rtasidagi janglarda 1000 ga yaqin odam yaralangan. Qurbonlarning haqiqiy soni ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Sudanda armiya va isyonchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar og‘ir artilleriya, tanklar va havo hujumlari bilan kechishi oqibatida qurbonlar soni ortib bormoqda. Janglar chog‘ida 97 kishi halok bo‘ldi, yana 942 kishi yaralandi, deb xabar berdi 17 aprel, dushanba kuni mahalliy shifokorlar uyushmasi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni kamida 83 kishini tashkil etgan, 1000 dan ortiq kishi jarohat olgan. Poytaxt Xartumning aholi zich joylashgan hududlarida qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham ko‘p, degan xavotirlar bor.
Sudan armiyasi va Tezkor harakat kuchlari (RSF) o‘rtasida janglar davom etyapti. Janglar Xartumda va hukumat inshootlari, jumladan, prezident saroyi va qurolli kuchlar bosh qarorgohida yuz beryapti. To‘qnashuvlar yana bir qator boshqa shaharlarda, jumladan Janubiy Darfur provinsiyasi markazi bo‘lgan, aholi zich joylashgan Nyala shahrida ham sodir bo‘lmoqda.
So‘nggi kunlarda Sudanning amalda prezidenti bo‘lgan Abdul Fattoh al-Burhon va uning o‘rinbosari, RSF’ni boshqarayotgan Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasidagi ziddiyat keskin avj oldi. Isyonchilar mamlakatning kamida uchta aeroportini, shuningdek, bir qator harbiy obektlar va prezident saroyini egallab olganini ma’lum qildi. Sudan armiyasi bu ma’lumotni rad etdi. Mamlakat harbiy-havo kuchlari RSF bazalariga havo hujumlarini davom ettirib, tinch aholini uyda qolishga chaqirdi.
Bir necha o‘n yil davomida mamlakatni boshqargan Umar al-Bashir 2019 yilda chuqur iqtisodiy inqirozga uchragan Sudandagi ommaviy norozilik namoyishlari fonida hokimiyatdan ag‘darilgan edi. Muntazam armiya va RSF o‘shanda xalq qo‘zg‘olonlarini birgalikda qo‘llab-quvvatladi.
Al-Bashir ag‘darilganidan so‘ng harbiylar va fuqarolik guruhlari o‘tish davri hukumatini tuzishga kelishib oldilar, biroq 2021 yil oktyabr oyida Sudanda davlat to‘ntarishi kuzatildi, natijada mamlakatdagi hokimiyat butunlay general al-Burhon qo‘liga o‘tdi. RSF rahbari Muhammad Hamdan Dagalo yaqinda Sudanni demokratiyaga olib borishga va’da bergan harakatga rahbarlik qila boshladi.
Mavzuga oid
09:51 / 19.12.2024
Sudan Rossiya harbiy-dengiz bazasini joylashtirishdan bosh tortdi
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
14:30 / 04.11.2024
Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
20:57 / 31.10.2024