Jahon | 21:15 / 21.04.2023
30205
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: dunyo musulmonlari Ramazon hayitini qanday kutib oldi?

Juma kuni tongda dunyoning turli nuqtalarida Ramazon hayiti keng nishonlandi. Quyida Sharqiy Osiyodan Yevropa va Afrika mamlakatlariga qadar hududlarda bayram kuni olingan suratlar.

G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus masjidida Ramazon hayiti namozini o‘qiyotgan falastinliklar
REUTERS/Ibraheem Abu Mustafa
G‘azo shahrida ibodat qilayotgan falastinliklarning yuqoridan ko‘rinishi. REUTERS/Mohammed Salem
Iroqning Mo‘sul shahrida hayit namoziga kelgan sunniylar. REUTERS/Khalid Al-Mousily
Keniya poytaxti Nayrobidagi masjidga hayit namoziga kelgan namozxonlar oldidagi musulmon qizcha. REUTERS/Monicah Mwangi
Rossiya bosqiniga qarshi urush ketayotgan Ukrainada Kiyevdagi Islom madaniyati markazida Ramazon hayiti namoziga kelgan ayollar. Foto: REUTERS/Alina Yarysh
Liviyaning Bengazi shahridagi jamoat maydonida Ramazon hayiti namozini o‘qiyotgan kishilar. REUTERS/Esam Omran Al-Fetori
Keniya poytaxti Nayrobi shahrining Ngara tumanidagi Sir Ali Muslim Klub maydonida Ramazon hayiti namozi vaqtidagi yarmarka sotuvchilari. Foto: REUTERS/Thomas Mukoya
Ramazon hayiti kunida qo‘liga xina qo‘ygan musulmon ayol. Avstraliya, Sidney shahri. Foto: REUTERS/Jaimi Joy
Efiopiya poytaxti Addis Ababadagi Meskel maydonida hayit kuni havo sharlari sotayotgan savdogar. REUTERS/Tiksa Negeri
Albaniya poytaxti Tirana shahrining Skanderbeg maydonida hayit namoziga kelgan musulmonlar. REUTERS/Florion Goga
Turkiyaning Istanbul shahridagi maydonda hayitni nishonlayotgan kishilar. REUTERS/Dilara Senkaya
Falastinlik kishi Quddusning Eski shahar qismidagi Al-Aqso masjidi hovlisida hayit namozidan keyin bola bilan o‘ynamoqda. April 21. REUTERS/Jamal Awad
Bayramni shahar tashqarisida oila a’zolari bilan nishonlash uchun Dakkadan chiqib ketayotgan bangladeshliklar, 20 aprel. REUTERS/Mohammad Ponir Hossain
Keniyalik musulmon ayol bayram arafasida xina qo‘yilgan qo‘llarini ko‘rsatmoqda, Nayrobi shahridagi Masjid Salom hududi. REUTERS/Monicah Mwangi
Musulmon ayollar qo‘liga xina qo‘ydirmoqda, Sidney chekkasidagi Lakemba shaharchasi.  REUTERS/Jaimi Joy
Qatarning Al-Rayyan shahrida, 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkazilgan «Education City Stadium» stadionida hayit namozi o‘qilishi. Foto: REUTERS/Imad Creidi
Misr poytaxti Qohirada Al-Siddiq masjidi tashqarisida uchirilgan havo sharlarini tutishga urinayotgan kishilar. REUTERS/Mohamed Abd El Ghany
Misr poytaxti Qohira shahri chekkasidagi Maadi shaharchasida «Al-Azim» masjidi oldidagi maydonda Betmen uslubidagi mashina oldidan o‘tayotgan namozxon. Foto: REUTERS/Amr Abdallah Dalsh
Liviyaning Bengazi shahridagi jamoat maydonida Ramazon hayiti namozini o‘qiyotgan kishilar. REUTERS/Esam Omran Al-Fetori
Makkadagi Katta masjidda hayit namozini o‘qishga yig‘ilgan kishilar. Saudi Press Agency/via REUTERS
Serbiya poytaxti Belgrad shahri markazidagi Bayrakli masjid maydonida hayit namoziga yig‘ilgan kishilar. REUTERS/Marko Djurica
Quddusning Eski shahar hududida Al-Aqso masjidi joylashgan majmuaga Ramazon hayiti namozini o‘qish uchun kelgan falastinliklar REUTERS/Sinan Abu Mayzer
Moskvadagi maydonda hayit namoziga yig‘ilgan musulmonlar
Foto: Mixail Tereshchenko/TASS
Foto: Mixail Tereshchenko/TASS
Foto: Mixail Tereshchenko/TASS
Foto: Mixail Tereshchenko/TASS
Foto: Mixail Tereshchenko/TASS
Foto: Mixail Tereshchenko/TASS

 

Mavzuga oid