Yuristlar Rossiya KSni “feyklar” haqidagi moddani bekor qilishga chaqirdi
Rossiyalik huquq himoyachilari va huquqshunoslar RF Konstitutsiyaviy sudiga Rossiya armiyasini "obro‘sizlantirish" haqidagi ma’muriy moddani bekor qilish talabi bilan murojaat yo‘llashdi.
Patsifistik plakatlar va jihozlar, raketa zarbalari qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan harakatlar, Volodimir Zelenskiy haqidagi tush takrorlangan storiz va hatto avtobus bekatida mast holda baqirish ham "obro‘sizlantirish" hisoblanadi.
Bugungi kunga qadar 6561 ta shunday “obro‘sizlantirish” bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.
"Bu urushga qarshi pozitsiyani senzura qilishning eng mashhur mexanizmi. Lekin bu noqonuniy va mavjud bo‘lmasligi kerak”, — deb ta’kidladi "OVD-Info".
Bayonotda qayd etilganidek, murojaatni “Memorial”, “Rus Sidyashchaya” hamda bir qator yuristlar va advokatlar ham imzolagan.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024