O‘zbekiston | 08:46 / 28.04.2023
9320
1 daqiqa o‘qiladi
IELTS’da yuqori natija ko‘rsatgan 10 mingdan ortiq yoshlarning to‘lovi qaytarildi
O‘zbekistonda IELTS’da yuqori natija ko‘rsatgan 10 mingdan ortiq yoshlarning to‘lovi qaytarildi. Yoshlar ishlari agentligi 2021 yildan beri 24,4 milliard so‘m imtihon xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lab berdi.
Tahlillarga ko‘ra, jami 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlari mavjud. Shundan yoshlar 15 turdagisi uchun kompensatsiya so‘rab ariza qoldirgan.
Jumladan, IELTS imtihonida yuqori natija ko‘rsatgan 10 356 nafar, TORFL’da yuqori natija ko‘rsatgan 2408 nafar yoshlarning to‘lovi qaytarildi.
Bundan tashqari, SAT va TOPIK imtihonlarida qatnashib, yuqori natijaga erishgan 1049 nafar talabgorga to‘lov puli qaytarilgan.
Mavzuga oid
16:12
Moped va skuterlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov joriy qilindi
13:27 / 14.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS'dagi natijalari sezilarli yaxshilandi
09:45 / 27.11.2024
To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi
12:07 / 23.10.2024