Erdo‘g‘an sog‘lig‘idagi muammodan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi
Avvalroq Turkiya prezidenti yurak xurujiga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yurak xurujiga uchragani haqidagi mish-mishlardan keyin birinchi marta ommaviy tadbirda chiqdi.
29 aprel kuni Turkiya rahbari Istanbulda bo‘lib o‘tgan Teknofest-2023 aviatsiya, kosmonavtika va texnologiya festivaliga tashrif buyurdi. Tadbirning faxriy mehmonlari orasida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Liviya bosh vaziri Abdulhamid Dibeybe ham bor edi.
Erdo‘g‘an tadbirda so‘zga chiqib, Turkiyaning texnologiya sohasida erishgan yutuqlariga e’tibor qaratdi. Shuningdek, Turkiyaning Xalqaro kosmik stansiyasiga birinchi missiyasi ishtirokchilari nomini aytdi va Ilhom Aliyevga esdalik markasini topshirdi.
26 aprel kuni 69 yoshli Rajab Toyyib Erdo‘g‘an jonli efirga uzatilgan intervyusi chog‘ida mazasi qochib qoldi. Shundan so‘ng, intervyu 20 daqiqaga to‘xtatildi. Efir davom etgach, prezident uzr so‘rab, oshqozonida muammo borligini aytdi. Bir nechta savollarga javob bergach, ko‘rsatuv yakunlandi.
Turkiya matbuotida Erdo‘g‘anning yurak xurujiga uchragani haqida xabar tarqaldi. Prezidentlik partiyasi bu mish-mishlarni rad etib, ularni «axloqsiz» va «yolg‘on» deb atadi.
Shunday bo‘lsa-da, Erdo‘g‘an qatorasiga 3 kun davomida o‘zi ishtirok etishi lozim bo‘lgan tadbirlarni qoldirgan edi.
Mavzuga oid
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:52 / 17.12.2024