Jahon | 08:58 / 02.05.2023
8921
1 daqiqa o‘qiladi

Shols: Germaniya qurollari Rossiyani o‘qqa tutish uchun ishlatilmasligi kerak

Ukraina Rossiya hududini o‘qqa tutish uchun Germaniya tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanmasligi kerak, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. 

Foto: Reuters

Reuters xabariga ko‘ra, Bendorfdagi (Reynland-Pfals federal yeri) ommaviy muloqotda so‘zga chiqib, u xuddi shunday talablar Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlovchi boshqa G‘arb davlatlari tomonidan ham bildirilganini ta’kidladi

Sholsga ko‘ra, Kiyevga barcha zarur yordam ko‘rsatilishi kerak, biroq ayni paytda Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘lmasligi uchun hamma narsani qilish kerak.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina avgust oyidan boshlab Germaniya tomonidan yetkazib beriladigan Gepard o‘ziyurar artilleriya majmualari uchun o‘q-dorilarni olishni kutishi mumkin. 

Hozir ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda, ammo bu biroz vaqt talab etadi, dedi Shols.

Mavzuga oid