Ukraina neft omborlarini, Rossiya tinch aholini o‘qqa tutmoqda. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 434-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 3 mayga o‘tar kechasi ikkita dron Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga hujum qilishga uringan. Rossiya hukumati bunda Ukrainani aybladi; Kiyevdagilar hodisaga aloqadorligini rad etdi va bu RF tomonidan provokatsiya bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Tergov qo‘mitasi terrorizm to‘g‘risida jinoiy ish ochgan.
- Rossiya qo‘shini Xerson oblastini o‘qqa tutdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan 23 kishi halok bo‘lib, 46 kishi yaralangan.
- Ukrain dronlari Bryansk oblastidagi harbiy aerodromga hujum uyushtirdi. An-124 samolyoti shikastlangan. Jabrlanganlar yo‘q, region rasmiylari hodisa haqida xabar berishmagan.
- 3 mayga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasining Taman porti yaqinidagi Volna posyolkasida neft mahsulotlari saqlanadigan rezervuar yonib ketgan. Bu yong‘inga ham dronlar hujumi sabab bo‘lgani aytilgan.
- 4 mayga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasi va Rostov oblastidagi neftni qayta ishlovchi zavodlarga dronlar hujumi takrorlandi.
Kremldagi Senat saroyi gumbazida dronlar hujumi asoratlari
Krasnodar o‘lkasida neft omboriga berilgan zarba oqibatlari
3 mayga o‘tar kechasi dron Qora dengiz sohilida, Krasnodardan taxminan 180 kilometr masofada joylashgan Volna posyolkasidagi neft mahsulotlari saqlanuvchi rezervuarga zarba yo‘lladi. Kuban gubernatori Veniamin Kondratevning xabar qilishicha, alanga 1,2 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan, uni faqat 16 soat o‘tib o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
4 mayga o‘tar kechasi ham dron Krasnodar o‘lkasidagi yana bir obektga zarba berdi — Ilskiy neftni qayta ishlovchi zavodga. Zarbadan keyin boshlangan yong‘in ertalabki soat beshga kelib o‘chirilgan. Taxminan shu vaqtda yana bir dron Rostov oblastining Kiselevka qishlog‘idagi Novoshaxtinskiy zarba bergan, boshqasi Voronej oblasti osmonida portlagan — bu aynan qayerda bo‘lgani va qaysi obekt zarba nishoni bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritilmagan.
Barcha to‘rt holatda jabrlanuvchilar borligi haqida xabar berilmagan. Moskva ham, Kiyev ham hozircha bu hodisalar yuzasidan munosabat bildirmadi.
Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari
3 may tongida Rossiya qo‘shinlari Xerson shahri va Xerson oblastidagi boshqa aholi yashash manzillariga zarbalar berdi. Xersonda Vokzal maydoni, temiryo‘l vokzali hududi, yonilg‘i quyish shoxobchasi, zavod, avtoxo‘jalik va ikkita savdo nuqtasi (ulardan biri — shaharda ishlab turgan yagona gipermarket) zarbalarga yo‘liqqan.
Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xerson shahrida tinch aholi vakillaridan 23 kishi halok bo‘lib, 46 kishi yaralangan (ular orasida ikki bola ham bor).
Donbass shimolidagi ukrain harbiylari
Kiyevda sakura gulladi
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024