Ukraina «GUR» RKK operatsiyalari ko‘lami kengayishini kutmoqda
Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi («GUR») «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» operatsiyalari davom ettirilishi va ko‘lami kengaytirilishini kutmoqda.
«Ularning harakatlari tobora kuchayib bormoqda. Bu birinchi voqealar emas, birinchi ichki mojarolar emas va ular tobora kengaymoqda. Rossiyadagi bu mojarolar tobora kattalashyapti, menimcha, biz bunday voqealarning davom etishini va ularning geografiyasi kengayishini kutishimiz mumkin», - dedi «GUR» vakili Andrey Yusov Ukraina OAVga.
Bundan oldin «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z jangchilarining Rossiyaga yangi reydi to‘g‘risida e’lon qilgandi.
Belgorod viloyati, Glotovo qishlog‘idan olingan videoda ikki jangchi Rossiya pochtasining Glotovodagi idorasi yonida turgani aks etgan.
«Albatta, bu safar hech kimga videoni Kiyev viloyatida emas, balki Vatanda tasvirga tushirganimizni isbotlash shart emas. Shunga qaramay, biz bunday videolarni yaxshi an’anaga aylantirishga qaror qildik», deyiladi videoga qoldirilgan izohda.
22 may kuni Belgorod viloyatida Ukraina hududidan kirib kelgan bo‘linmalar bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Rossiya Federatsiyasi hukumati «diversantlarning mag‘lubiyati» haqida e’lon qildi, o‘z navbatida, RKK va «Rossiyaga ozodlik» legioni Belgorod viloyatining bir nechta aholi punktlari «ozod etilgani» to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024