Tinch okeani tubida fanga noma’lum 5 mingdan ortiq mavjudot topildi
Ularning 90 foizida hatto nom ham yo‘q.
AQSh Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi olimlari Tinch okeani tubidagi Klarion-Klipperton hududida 5 mingdan ortiq turli hayvon turlarini aniqladi. Bu ulkan hudud Havayi va Meksika o‘rtasida taxminan 6 km chuqurlikda joylashgan.
Biologlar bu hududni bir necha yil davomida suvosti transporti yordamida faol ravishda o‘rganishdi. Buning sababi shundaki, u kobalt, nikel va boshqa minerallarga boy va tez orada tog‘-kon korporatsiyalari ixtiyoriga o‘tishi mumkin. Bu esa muqarrar ravishda faunaning o‘zgarishiga olib keladi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, topilgan hayvonlarning 90 foizi ilgari hech qachon ko‘rilmagan yoki o‘rganilmagan. Ularning ko‘pchiligida nom ham yo‘q.
Yangi jonzotlardan olimlar «marmeladsimon olmaxon»ga nom berishdi, u uzun dumli, tanasi esa jyelesimon. Shuningdek, «shishasimon gubka» ham nom oldi.
Dengiz tubida asosan bo‘g‘imoyoqlilar, chuvalchanglar va ignaterililar yashashi aniqlangan.
Mavzuga oid
16:28 / 30.11.2024
2024 yilda inson faoliyati tufayli dengiz va okeanlarda 50 ming sutemizuvchi nobud bo‘ldi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
10:27 / 02.11.2024