Jahon | 12:25 / 29.05.2023
9307
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IIV amerikalik senator Lindsi Gremni qidiruvga berdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi amerikalik senator Lindsi Gremni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi moddasi bo‘yicha qidiruvga berdi.

Lindsi Grem Foto: Global Look Press/Aaron Schwartz

Rossiya Ichki ishlar vazirligi amerikalik senator Lindsi Gremni qidiruvga berdi. Bu haqda TASS xabar tarqatdi. 

Idora ma’lumotlar bazasida 1955 yilda tug‘ilgan AQSh fuqarosi Grem Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani aytiladi. 

28 may kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin amerikalik senatorning rossiyaliklarning o‘ldirilishi haqidagi rusofob bayonotlari fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish vazifasini topshirdi. 

Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda senator Grem AQShning respublikaga harbiy yordami haqida gapirar ekan, «rossiyaliklar o‘lyapti», deb aytgani, Qo‘shma Shtatlar esa «hech qachon pulni bunchalik yaxshi sarflamaganini» ta’kidlagani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. 

«Internetda tarqalgan videoda AQSh senatori Lindsi Grem Ukraina prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya fuqarolarining o‘limiga sabab bo‘lishda Qo‘shma Shtatlarning moliyaviy ishtiroki borligini ma’lum qildi», — deyiladi idora matbuot xizmati xabarida. 

Reuters agentligi Grem va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat yozuvining to‘liq versiyasi bilan tanishdi – unda rossiyaliklarning o‘limi va Amerika sarmoyalari haqidagi iboralar ketma-ket kelmagan.

Mavzuga oid