Prigojin qurolli isyon ishi bo‘yicha tergov ostida qolmoqda - OAV
Avvalroq, unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatilgani haqida xabar berilgan edi.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin qurolli isyon bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha asosiy gumondor bo‘lib qolmoqda, tergov ishlari FQB tomonidan o‘tkazilyapti. Bu haqda «Kommersant’» xabar berdi.
Jinoyat ishi 23 iyun kuni ochilgan, ammo Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng, tugatilishi e’lon qilingan edi. Muzokaralar natijasida «vagnerchilar» Moskvaga yurishni to‘xtatib, dala lagerlariga qaytishi e’lon qilindi.
«Kommersant’» xabariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atish qarori hali bekor qilinmagan, isyon bo‘yicha tergov davom etmoqda. Nashr manbasiga ko‘ra, boshqa qaror qabul qilish uchun hali oradan juda oz vaqt o‘tgan. Jinoyat ishining qachon tugatilishi haqida xabar berilmagan.
24 iyun kuni tongda Yevgeniy Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguni «Vagner»ga zarba berganlikda aybladi va Moskvaga «adolat marshi»ni boshlaganini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Vagner» jangchilarini qurolli isyonda aybladi va «Bu orqadan urilgan zarba, xiyonat», dedi.
Shu kuni tunda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muvaffaqiyatli muzokara o‘tkazganini ma’lum qildi.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin jangchilari bilan Moskvaga yurishni to‘xtatib, orqaga, dala lagerlariga qaytishini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «vagnerchilar» va Yevgeniy Prigojinga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatilishini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024