Jahon | 09:03 / 06.07.2023
5730
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston qator viloyatlarida chigirtkaning zararli turi tarqaldi

Qozog‘istonning qator viloyatlarida zararli chigirtkaning “Italiya prusi” turi bosqini yuz bergan. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Qo‘stanay viloyatining 260 ming gektar hududida (rejalashtirilgan maydonning 70 foizi) zararli chigirtkalarga qarshi ishlov berilib, vaziyat nazoratga olingan. 

Qo‘stanay viloyati O‘zbekistondan 2 000 – 2 200 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bugungi kunda yuqorida qayd etib o‘tilgan zararli chigirtkalar to‘dasi respublika hududiga kirib kelish ehtimoli kam. 

Shuningdek, Qozog‘istonning Turkiston viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Toshkent viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash choralari olib borildi. 2023 yil mavsumida chegara hududida 15,6 ming gektar maydonda ishlov berish tadbirlari yakunlangan.

Mavzuga oid