O‘zbekiston | 15:05 / 19.07.2023
25207
2 daqiqa o‘qiladi

Onix'ning yana ikkita komplektatsiyasi uchun shartnoma berish to‘xtatildi

UzAuto Motors Chevrolet Onix’ning 149 mln, 155 mln, 159 mln va 185 mln so‘mlik komplektatsiyalari sotuvini to‘xtatgan edi. Endi navbat 207 mln va 215 mln so‘mlik komplektatsiyalarga keldi. Bunday yashirin narx oshirish natijasida, xaridorlar oldida faqat eng qimmat komplektatsiyalarni sotib olish varianti qoldi xolos.

Foto: Kun.uz

UzAuto Motors’ning rasmiy dilerlik markazlari Onix Premier 1 (207,3 mln so‘m) va Onix Premier 2 (214,7 mln so‘m) modellari uchun yangi shartnomalar qabul qilishni to‘xtatdi.

Kun.uz muxbiri bog‘langan dilerlik markazlari rasmiy vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda noma’lum sabablarga ko‘ra xaridorlar bilan yangi shartnomalar tuzilmayapti. Bu jarayon qachon boshlanishi aniq emas.

Ayni paytda Onix’ning eng qimmat modellari uchungina kontraktatsiya tuzish mumkin:

  • Onix Premier 2 Plus (221,6 mln so‘m);
  • Onix Redline (230,6 mln so‘m).
"Rohat" avtosalonida 19 iyul holatiga taklif etilayotgan modellar haqida ma’lumot / Surat avtosalonning tarmoqdagi sahifasidan olindi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobillari sotuvini 2022 yilning 1 noyabridan boshlagandi. O‘tgan davr mobaynida Onixʼning 149 mln so‘mlik, 155 mln so‘mlik, 159 mln so‘mlik va 185 mln so‘mlik modellari ham hech qanday izohsiz va tushuntirishsiz sotuvdan olib tashlandi.

126,5 mln so‘mlik komplektatsiya esa noyabr oyida e’lon qilingan komplektatsiyalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, amalda ishlab chiqarilgani yo‘q.

Mavzuga oid