O‘zbekiston | 11:12 / 09.08.2023
52239
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta viloyatga yangi prokurorlar tayinlandi

Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlarida yangi prokurorlar ish boshladi. Andijon viloyati prokurori avvalroq Toshkent viloyatiga prokuror bo‘lib kelgandi, Samarqand viloyati prokurori bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘iga asosan uchta viloyatga yangi prokurorlar tayinlandi.

Adliya katta maslahatchisi Umirbek Muhammadovich Madrahimov Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Umirbek Madrahimov

U.Madrahimovtayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

  • Namangan viloyatiga 2022 yil fevralidan buyon Bektosh Soyipov prokuror qilgandi. U mart oyida Qashqadaryo viloyatiga prokuror bo‘lib o‘tgandi.

Adliya katta maslahatchisi Marufxon Maqsudovich Xo‘jayev Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Marufxon Xo‘jayev

M.Xo‘jayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

  • 2022 yil yanvaridan Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Sirojiddin Eshquvvatov avgust oyi boshida Toshkent viloyati prokurori lavozimiga o‘tkazilgandi.

Shuningdek, adliya katta maslahatchisi Murodqosim Hamzayevich Eshnazarov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Murodqosim Eshnazarov

M.Eshnazarov tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

  • Samarqand viloyatiga 2022 yil fevralidan buyon Jahongir Hotamov prokurorlik qilayotgandi. U bosh prokurorga o‘rinbosarlikka o‘tmoqda.

Mavzuga oid