Jahon | 18:48 / 08.11.2023
10981
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning bir hududida migrantlarga jamoat transportini boshqarish taqiqlandi 

Chelyabinsk viloyatida migrantlarning bu sohadagi faoliyati cheklandi. 

Foto: Globallookpress

Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori farmoniga ko‘ra, kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga migrantlarni taksi yoki mikroavtobus haydovchisi sifatida yollash taqiqlandi. Hujjat 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi, deb yozdi «Kommersant». 

Qayd qilinishicha, farmon mintaqaning mehnatga layoqatli mahalliy aholisining bandligini oshirishga qaratilgan. 

Shu bilan birga, Chelyabinsk viloyati ma’muriyati vakiliga ko‘ra, bu Rossiyada pul ishlashning «sevimli» usullaridan biri ekani hisobga olinsa, migrant haydovchilar bilan ilgari yuzaga kelgan bir qator muammolarni hal qilishi kerak. Bu muammolar qaysi ekaniga tushuntirish berilmagan. 

Chelyabinsk viloyatida 2016 yildan buyon chet elliklarni jamoat transporti haydovchisi sifatida ishga yollash taqiqlangan. U har yili gubernator qarori bilan uzaytirilmoqda. Ushbu taqiq migrant haydovchilar tomonidan sodir etilayotgan «yo‘l transport hodisalari ko‘payib borayotgani» sababli joriy qilingan. 

Mavzuga oid