Jahon | 12:00 / 09.12.2023
5551
2 daqiqa o‘qiladi

World Athletics rossiyalik yengil atletikachilarni Parijdagi o‘yinlarga kiritmaydi

XOQ Rossiya va Belarus sportchilariga Parijdagi Olimpiadada qatnashishga ruxsat bergan bo‘lsa-da, World Athletics prezidenti Sebastyan Kou yengil atletikachilar uchun bunday imkoniyatni rad etdi. «Yengil atletikada bunday bo‘lmaydi», dedi u.

Foto: Handout via World Athletics/REUTERS

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari (World Athletics) assotsiatsiyasi prezidenti Sebastyan Kou rossiyalik yoki belaruslik sportchilarning 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida hatto neytral maqomda ham qatnashish imkoniyatini rad etdi. «Siz Parijda Rossiya va Belarusdan neytral sportchilarni ko‘rishingiz mumkin, ammo bu yengil atletikada bo‘lmaydi», dedi Kou 8 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. 

Bir necha soat oldin Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya va Belarus sportchilariga Parijdagi o‘yinlarda neytral sportchilar sifatida qatnashishga ruxsat berdi - janglarni faol qo‘llab-quvvatlovchi, armiya yoki xavfsizlik kuchlari bilan shartnoma tuzgan, shuningdek, jamoaviy sport turlarida qatnashadiganlar bundan mustasno.

Sebastyan Kou avvalroq rossiyaliklarga yengil atletika musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat bermay, XOQdan uzoqlashgan edi. Yevropa yengil atletika assotsiatsiyasi ham bir necha bor Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytishiga qarshi chiqdi. 

Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid