O‘zbekiston | 11:34 / 25.12.2023
5403
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt Toshkentda avtomashinalar ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi mumkin

Kuvayt biznesi O‘zbekistonda loyiha amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida taniqli investor Badr Sari Xalif Sulton al-Enezi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.

Badr Sari Xalif Sulton al-Enezining aytishicha, u ayni paytda Toshkent shahrida avtomashinalar ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Suraya kompaniyasi filialini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

– Shuningdek, biz O‘zbekistondagi yuk mashinalari uchun turli ehtiyot qismlarini yetkazib berish bo‘yicha ham hamkorlik qilmoqchimiz, – dedi u. – O‘zbekistonda amalga oshiriladigan  biznes loyihalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritiladi. Mazkur rejalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni boshlash uchun 2024 yil yanvar oyida O‘zbekistonga borishni rejalashtiryapmiz.

Mavzuga oid