Afg‘onistonda o‘zbekistonlik yuk tashuvchilariga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi
Transafg‘on koridori orqali yuk tashuvlari rivojlantirilishi ta’kidlanmoqda.
26 dekabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida undirilishini ta’minlash, Afg‘oniston hududi orqali tranzit hamda ikki tomonlama tashuvlarni rivojlantirish, temir yo‘l tashuvlaridagi tarif stavkalariga imtiyozlar taqdim etish, «O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston» temir yo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Afg‘oniston hududi bo‘ylab xalqaro yuk tashuvlarida o‘zbekistonlik tashuvchilarga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi.
Shuningdek, 2024 yildan boshlab tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida o‘rnatish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi.
Mavzuga oid
17:13
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024