Samarqanddagi shaxmat turnirida kelishilgan o‘yin o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi
Rossiyalik shaxmatchilar ochkolardan mahrum etildi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Samarqanddagi blits bo‘yicha jahon chempionatida rossiyalik grossmeysterlar Daniil Dubov va Yan Nepomnyashchiy o‘rtasida o‘tkazilgan va durang natija bilan yakunlangan partiyani «kelishilgan» deb topdi. Har ikkala shaxmatchi 0,5 ochkodan mahrum qilindi. Bu haqda FIDE saytida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, rossiyaliklar 11-turda to‘qnash kelgan va o‘yinning 13-yurishidayoq durangga rozi bo‘lishgan. Chempionat bosh hakami, slovakiyalik Ivan Sirovi ularni til biriktirganlikda gumon qilgan.
«Fikrimcha, buning uchun mas’uliyat har ikki shaxmatchi zimmasida, ular o‘yin natijasini oldindan rejalashtirishgan. Bu fikrim ularning yurishlariga asoslangan», dedi Siroviy.
Hakam rossiyaliklarga durang uchun belgilangan 0,5 ball o‘rniga 0 ball berdi. Dubov va Nepomnyashchiy bu qaror ustidan apellyatsiya berishdi, biroq FIDE Sirovini haq deb topdi.
Qayd qilish joiz, rossiyalik shaxmatchilar turnirda FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etmoqda. Sanksiyalarga ko‘ra, ularga Rossiya bayrog‘i ostida ishtirok etish taqiqlangan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024