Harbiylar bilan uchrashgan Putin va sharqiy frontdagi «Leopard»lar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 677-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorodda 30 dekabr kungi zarbalar vaqtida jarohat olgan to‘rt yoshli qizcha vafot etdi. Shahar markaziga yo‘llangan zarba oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishini tashkil etmoqda.
- Putin Belgorodga 30 dekabr kuni berilgan zarbalarni terakt deb baholadi. U Ukraina bo‘ylab zarbalar ko‘paytirilishi bilan tahdid qildi.
- Yangi yil kechasi Ukraina dronlarning yopirilma hujumiga uchragan. Ukraina qurolli kuchlari 87 ta dron urib tushirilganini ma’lum qilgan.
- Odessa oblastida dronlar hujumi oqibatida bir o‘smir halok bo‘lib, yana uch kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
- Donetsk markazi ham yangi yil kechasi zarbaga uchradi. To‘rt kishi halok bo‘lgan.
- Ukrainadagi urushda 2005 yilda tug‘ilgan rossiyalik kontraktnik halok bo‘ldi, deb xabar bergan BBC rus xizmati. Nashrning yozishicha, bu 2005 yilda tug‘ilgan harbiylar orasida qayd etilgan ilk o‘lim holatidir.
- Belgorod bo‘ylab zarbadan keyin Rossiya shaharlarida yangi yil salyutlari va bayram tadbirlari bekor qilingan.
- Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, Rossiya sudlari 200 dan ortiq ukrain harbiylarni uzoq muddatlarga qamash to‘g‘risida hukmlar chiqargan.
Donetsk bo‘ylab zarbalar
«DXR» rasmiylari ma’lum qilishicha, Ukraina qurolli kuchlari yangi yil kechasi Donetsk markazini o‘qqa tutgan. «Donbass Palas» mehmonxonasi, shaharning Kalininskiy va Budennovskiy rayonlari zarbaga uchragan. O‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan hudud rahbari Denis Pushilin Ukraina QK shaharni kassetali snaryadlar bilan o‘qqa tutganini aytgan. Zarba oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, 13 kishi yaralangan. TASS xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri — jurnalist, yana bir jurnalist yaralangan.
«Faqat terrorchi vahshiylar shunday yo‘l tutishi mumkin», — degan RF TIV rasmiysi Mariya Zaxarova. U Ukraina hududlari 1 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilgani yuzasidan to‘xtalib o‘tirmagan.
Ukrain shaharlari o‘qqa tutilishi oqibatlari
1 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududlari bo‘ylab Shahed rusumli 90 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirgan — Ukraina QK havo kuchlariga ko‘ra, bu bir tunda uchirilgan dronlar bo‘yicha rekord miqdor. Ukraina qurolli kuchlari tasdiqlashicha, ukrain harbiylari 87 ta dronni urib tushirgan.
Rossiya qo‘shini S-300 kompleksidan Xarkiv oblasti bo‘ylab 4 ta boshqariluvchi zenit raketalarini uchirgan. Shuningdek, rossiyalik harbiylar Ukraina bo‘ylab X-31P rusumli uchta radiolokatsiyaga qarshi raketalar va bitta X-59 raketasini uchirgan, ular Xerson va Zaporijjya oblastlarida tutib qolingan.
«Amalda barcha regionlarda havo hujumidan mudofaa kuchlari ishladi», — deyiladi Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondonligi xabarida. Lviv oblastida Roman Shuxevich muzeyi vayron bo‘lgan va Lviv milliy agrar universiteti binosi shikastlangan (shahar meri Andrey Sadovoyning qayd etishicha, bu yerda Stepan Bandera o‘qigan). Odessa oblastida port yaqinidagi infratuzilmalar va turar joylar shikastlangan. 15 yoshli o‘smir halok bo‘lib, uch kishi yaralangan.
Maskirovka to‘rlarini tayyorlayotgan ko‘ngillilar
Harbiylar bilan uchrashgan Putin
1 yanvar kuni Vladimir Putin Ukrainadagi urushda qatnashgan rossiyalik harbiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. U Moskva oblastidagi Vishnevskiy nomidagi hospitalga bordi, shuningdek Novo-Ogarevodagi qarorgohida qo‘shinlarning turli tuzilmalari vakillari bo‘lgan harbiy xizmatchilarni qabul qildi.
Vayron bo‘lgan Avdiyivka manzaralari
Ukraina QKning Kreminna o‘rmonlaridagi «Leopard»lari
Belgoroddagi stixiyali yodgorlik
Mavzuga oid
21:05 / 28.12.2024
Zelenskiy: Putin Slovakiya bosh vaziriga Ukrainaga qarshi «ikkinchi energetika fronti» ochishni buyurdi
09:31 / 28.12.2024
GUR: Dronlar Ukraina chegarasidan 2000 km uzoqlikdagi nishonlarga hujum qila oladi
08:56 / 28.12.2024
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
19:14 / 27.12.2024