O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga rahbar tayinlandi
41 yoshli Sherzod Abdunazarov bu lavozimda ish boshlaydi.
Sherzod Abdunazarov O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi rahbari etib tayinlandi.
U 41 yoshda bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Tahlil va prognozlash oliy maktabini tamomlagan. 2007 yildan buyon Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlab kelgan. Tayinlovga qadar ushbu bosh konsulxonada birinchi kotib lavozimida ishlagan.
Istanbuldagi bosh konsulxonaga 2020–2023 yillarda rahbarlik qilib kelgan Amirsaid Agzamxo‘jayev 2023 yil noyabrida O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning mazkur bosh konsulxonasi Turkiyaning Istanbul shahri, Oydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Izmir, Kojayeli va boshqa viloyatlari, shuningdek, Bolgariya va Ruminiya hududiga xizmat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
18:39 / 14.12.2024