Samarqandda pul evaziga esdalik nishoni olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U 3 400 dollar evaziga universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishonini olib berishni va’da qilgan.
Samarqandda o‘qishga kiritib qo‘yish va esdalik nishoni olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda viloyat sport boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.K. fuqaro Sh.R.ga “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishoni olib berishi hamda fuqaro N.B.ni tanishlari yordamida Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Sirdaryoda fuqarolarni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024