Sport | 22:06 / 08.02.2024
26441
1 daqiqa o‘qiladi

«Sivasspor» klubi Azizbek Turg‘unboyev transferini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir futbolchisi Osiyo kubogidan keyin legionerga aylandi.

Foto: AFP

«Paxtakor» klubi yarimhimoyachisi Azizbek Turg‘unboyev faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi. «Sivasspor» klubi 29 yoshli hujumkor yarimhimoyachining transferini e’lon qildi.

Turg‘unboyev Osiyo kubogi-2023da 5 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qildi. U o‘tgan mavsum Superligada 24 o‘yinda 5ta golga mualliflik qilib, yakunda «Paxtakor» bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik futbolchi Turkiyada legioner hisoblanmaydi. «Sivasspor» klubi Turkiya Superligasida 24-turdan keyin 30 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid