Jahon | 12:56 / 24.02.2024
5485
4 daqiqa o‘qiladi

«Verstka» Rossiya armiyasidagi sudsiz jazolash holatlari haqida ma’lumot berdi

Ukrainada jang qilayotgan Rossiya armiyasida qiynoqlar va sudsiz jazolash muammosi tobora keskinlashib bormoqda, deydi ko‘plab harbiy guvohlar jurnalistlarga. 

Foto: Sergei Malgavko/Tass/picture alliance

Ukrainada jang qilayotgan Rossiya armiyasida qo‘mondonlik tomonidan yashirilgan suddan tashqari jazolar va «xizmat doirasidan chiquvchi munosabatlar» muammosi kuchaydi. Bu haqda 23 fevral, juma kuni jurnalistlar suhbatlashgan ko‘plab harbiy xizmatchilarga tayanib, «Vestka» nashri yozgan. 

«Vestka» ta’kidlaganidek, front chizig‘iga qanchalik yaqin bo‘lsa, jazo va zo‘ravonlik muammosi shunchalik keskinlashadi, urushga jalb qilingan mahbuslar ayniqsa zo‘ravonlikka moyil, safarbar qilinganlar esa qurbon bo‘lish ehtimoli ko‘proq. 104-gvardiya desant-hujumkor diviziyasining 345-polki ikki nafar harbiy xizmatchisi «Vestka» nashriga bir guruh erkaklar tahqirlangani, tunda sovuqda yalang‘och holda ushlab turilgani, kaltaklangani va baqiriqlar bilan chuqurga jo‘natilgani aks etgan tasvirlarni yubordi. 

«Ha, u yerda ichkilikbozlik, qo‘shimchasiga buyruqni bajarmaslik holati ham bor edi. Lekin sud yoki disbat bo‘lmaydi. Buni mahbuslar qilyapti», - deya tushuntirdi «Verstka» suhbatdoshi videoda nima bo‘layotganini. Bunday jazolash va «samosud» harakatlari, nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, harbiylar orasida «axloq keng qamroqli tushunchaga aylanayotgan» frontda ko‘p uchrayapti.

Qotillik va qiynoqlar

«Verstka» nashri 2023 yil noyabr oyida olingan videoni chop etdi. Unda yenglarida RMS GROUP Wagner shevronlari bo‘lgan erkaklar askarlarni jazolayotgani ko‘rsatilgan. Kadrlar muallifining aytishicha, ular vazifaga borishdan oldin giyohvand moddalarni iste’mol qilgan, «boshqa jangchilar ruhiyatini buzgan» va shu sababli «birinchi otryaddagi barcha bolalar halok bo‘lgan».

Videoda ikki erkak tayoq bilan kaltaklangan, ularga avtomatlar bilan o‘q uzilgan, yana besh kishi o‘zi uchun chuqur qazigan. «U yerda ikki murda bor edi, ularni ham juda qattiq kaltaklashgan. Bularni «vagnerchilar» qilgan, kuchi boricha kaltaklashgan. Hammasi kriminalga aloqador shaxslar», - deydi videoni jo‘natgan harbiy. 

Hujum qilishdan bosh tortgani uchun askarlar ko‘pincha harbiy tergovchilarga yuborilmaydi, balki maxsus yashirin joylardan sovuqqa chiqarib yuboriladi, daraxtlarga kishanlanadi hamda ovqat yeyish va suv ichishiga ruxsat berilmaydi, dedi askarlar «Verstka»ga. 

Ukrainaga Rossiya tomonida jang qilish uchun kelgan serb yollanma askari Deyan Berich ham xuddi shu haqda gapirdi. O‘q-dorisiz hujumga o‘tishdan bosh tortgan serblar ikki kun davomida ovqat va suvsiz maxsus yashirin joylardan sovuqqa haydab chiqarilgan. Ularning oldiga kelgan harbiy politsiyachilar «ularni josuslikda ayblab, qazilma joylarda o‘t ochdi» va yollanma askarlarni miltiq bilan kaltaklay boshladi, deydi Berich. «Dushmanlarimiz bu videodan foydalanishini tushunaman, qamalishga roziman, lekin iltimos, masalani hal qiling», dedi u videomurojaatida.

Mavzuga oid