O‘zbekiston | 10:04 / 14.03.2024
15320
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yer silkinishi qayd etildi

Episentr: Andijon viloyati, Asaka tumani. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 259 km janubi-sharqda.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 14 mart kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 09:49 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Andijon viloyati, Asaka tumani. Zilzila koordinatalari: 40,6 gradus shimoliy kenglik; 72,17 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 259 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Asaka tumanida 2-3 ball, 8 km;
  • Shahrixon tumanida 2 ball, 13 km;
  • Marhamat tumanida 2 ball, 14 km;
  • Quva tumanida 2 ball, 15 km;
  • Oltinko‘l tumanida 2 ball, 19 km.

Mavzuga oid