Jamiyat | 09:30 / 01.05.2024
7157
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 

Qozog‘istonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Samarqandda ushlandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB. 

Foto: Samarqand viloyat IIB

Ma’lum qilinishicha, u Samarqand viloyat IIB patrul-post xizmatining tumanlararo guruhi xodimlari tomonidan ushlangan. 

Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 189-moddasi 4-qismi bilan ayblanib, Qozog‘iston Jambil viloyati Taraz shahar IIB tomonidan davlatlararo qidiruvda bo‘lgan, 1987 yilda tug‘ilgan, Olmaota viloyati Talgar shahri Varshava ko‘chasida yashovchi D.S. Kattaqo‘rg‘on shahar hududida qo‘lga olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Bundan oldin Ostona politsiyasi 10 yildan ortiq vaqt davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgandi. 

Mavzuga oid