Iqtisodiyot | 08:46 / 04.05.2024
3675
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya O‘zbekistonda baliqchilikni rivojlantirish uchun grant ajratishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya qishloq xo‘jaligi davlat kotibi o‘rinbosari Oskar Okryosh bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va yangi qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlash mahsulotlari, jumladan, sabzavot, meva yetishtirish, sut va go‘sht mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va sifatini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba va texnologiyalar almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Orolbo‘yi hududini obodonlashtirish va O‘zbekistonda baliqchilikni rivojlantirish uchun grant mablag‘lari va texnik ko‘mak jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.

Vengriya tomoni, shuningdek, hamkorlikni yanada batafsil muhokama qilish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun ikki mamlakat delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid