Jahon | 09:13 / 18.05.2024
24428
3 daqiqa o‘qiladi

Bishkek ko‘chalariga ichki qo‘shinlar safarbar etildi

Qirg‘iziston poytaxti markaziga hosteldagi mushtlashuv tufayli mingga yaqin namoyishchi keldi. Ular xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirib, IIBB boshlig‘i bilan muzokaralardan so‘ng tarqalishga rozi bo‘ldi.

Qirg‘iziston poytaxti markaziga 17 may, juma kuni kechqurun hosteldagi mushtlashuvdan so‘ng hududda to‘plangan olomon tufayli ichki qo‘shinlar va suv purkaguvchi moslamalar kiritildi, deb yozadi mahalliy OAV. 24.kg agentligi xabariga ko‘ra, 7 aprel ko‘chasi shimoliy yo‘nalishda o‘rab olingan va xavfsizlik kuchlari uning Chuy shohko‘chasi bilan kesishgan qismida joylashgan. Jurnalistlarga ko‘ra, janubiy yo‘nalishdagi bir ko‘chada bir necha ming kishi to‘plangan

Oradan biroz vaqt o‘tgach, shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Azamat To‘qtonaliyev namoyishchilar bilan muzokaralar olib borgan, deb yozadi 24.kg suhbatning videoyozuvini e’lon qilib. Suhbat natijasida odamlar tarqala boshladi. Shu bilan birga, yig‘ilganlar xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishni va hosteldagi mushtlashuvdan so‘ng qo‘lga olingan uch kishini qonun doirasida to‘liq jazolashni talab qilishdi. 

Transport harakati tiklandi 

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Bishkekdagi vaziyat departament nazoratida ekanligini ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirligi xodimlari kuchaytirilgan rejimda ishlab, patrullar tashkil etdi va tushuntirish ishlarini olib bormoqda, deya qo‘shimcha qildi IIV. Poytaxtning barcha ko‘chalarida transport harakati tiklandi, deya ta’kidladi boshqarma. 

Hosteldagi to‘qnashuvdan so‘ng uch kishi qo‘lga olingan 

13 may kuni chet elliklar istiqomat qiladigan Bishkekdagi hostellardan birining hovlisida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bir necha mahalliy aholi jarohatlangan. Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, xorijliklar «noma’lum shaxslardan yashirinib, jismoniy shikast yetkazish bilan tahdid qilib, jamoat tartibini buzgan». Holat yuzasidan bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Uch nafar xorijlik qo‘lga olingan, rasmiylar ularning fuqaroligini oshkor etmagan. 

Mavzuga oid