Kongo DRda isyonchilar yetakchisi otib o‘ldirildi
Qurollangan isyonchilar kechasi KDR prezidenti qarorgohiga kirishga urindi, deb yozadi mahalliy OAV. Ularning rahbari o‘ldirilgan.
Kongo Demokratik Respublikasi (KDR)da siyosatchi va isyonchilar yetakchisi Kristian Malanga davlat to‘ntarishiga urinish paytida otib o‘ldirildi. Bu haqda 19 may, yakshanba kuni mahalliy actu30 sayti xabar berdi.
Mahalliy harbiy amaldorlarga ko‘ra, isyonchilar Kinshasadagi KDRning amaldagi prezidenti Feliks Chisekedi qarorgohiga bostirib kirishga uringan. Davlat to‘ntarishiga urinishda chet el fuqarolari ishtirok etmoqda, deydi xavfsizlik xodimlari.
Actu30 jurnalistlari xabar berishicha, isyonchilar ingliz, fransuz va Afrikaning ushbu hududida keng tarqalgan lingala tillarida gaplashishgan. Ular 1971 yildan 1997 yilgacha KDR nomi bo‘lgan Zair bayroqlarini ko‘tarib yurishgan.
Otib o‘ldirilgan shaxs kongolik siyosatchi, tadbirkor va sobiq harbiy xizmatchi Kristian Malanga Musumaridir. U KDR rahbariyatiga muxolif «Kongo birlashgan partiyasi» prezidenti edi. 2017 yilda Bryusselda u surgundagi «Yangi Zair» hukumatiga rasman asos solgan.
KDRda yaqinda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi
2023 yil dekabr oyi oxirida KDRda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ularda amaldagi prezident Feliks Chisekedi 73 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning eng yaqin ta’qibchisi, biznesmen Moiz Katumbi 18 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Natijalar sarhisob qilingandan so‘ng, Katumbi ovoz berish paytida katta qonunbuzarliklar yuz berganini e’lon qildi, shuningdek, saylov natijalarini bekor qilish va milliy saylov komissiyasini tarqatib yuborishga chaqirdi.
Mavzuga oid
19:57 / 18.12.2024
Kongoda o‘nlab insonlar o‘limiga sababchi bo‘lgan noma’lum kasallik bezgakning og‘ir shakli bo‘lib chiqdi
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
01:46 / 07.12.2024
JSST noma’lum kasallik sabablarini aniqlash uchun Kongoga o‘z mutaxassislarini yuboradi
19:45 / 03.12.2024