Rossiya O‘zbekistonda kichikroq AES ham qurishi mumkin
O‘zbekiston va Rossiya 2,4 GW quvvatli yirik atom elektr stansiyasi qurilishi bilan birga, har birining quvvati 55 MWgacha bo‘lgan 6 ta reaktordan iborat kichik AES qurilishi bo‘yicha ham hamkorlik qilishi mumkin.
O‘zbekiston va Rossiya kichik quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishi mumkin. Bu haqda Rossiya hukumatining 22 may kuni qabul qilingan farmoyishida so‘z boradi.
Bugun, 27 may kuni e’lon qilingan hujjatda “Rosatom”ga topshiriq berilgan: korporatsiya O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar olib borishi, kelishuvga erishilgandan keyin 2018 yil 19 oktyabrdagi AES qurishda hamkorlik qilish to‘g‘risida rasmiy Toshkent va Moskva o‘rtasida imzolangan hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqida protokol imzolashi kerak.
Bayonnoma loyihasida keltirilishicha, tomonlar O‘zbekistonda har biri 1,2 GW quvvatli ikkita energoblokka ega yirik AESni qurish bilan birga, Rossiya loyihasi asosidagi har birining quvvati 55 MWgacha bo‘lgan 6 ta energetika reaktoridan iborat AES qurilishi bo‘yicha hamkorlik qilishi mo‘ljallangan.
“Rosatom” O‘zbekiston bilan kichik AESlar qurilishini muhokama qilayotgani haqida korporatsiya bosh direktori Aleksey Lixachev shu yil fevral oyida ma’lum qilgan edi. “Biz O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Myanma va Janubi-Sharqiy Osiyodagi qator orol davlatlari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, degandi u.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta “O‘zatom” agentligi Energetika vazirligi bo‘ysunuvidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilgan edi. Agentlikka korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish, iqtisodiyotdagi loyihalarni moliyalashtirish huquqi berildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ham tashkil etildi.
Mavzuga oid
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024