Yevropaning uchta davlati Kiyev bilan xavfsizlik bo‘yicha kelishuv tuzdi
Ukraina bilan ikki tomonlama xavfsizlik shartnomalarini imzolagan Shvetsiya, Norvegiya va Islandiya Kiyev uchun yangi yordam paketlarini ham e’lon qildi.
Shvetsiya, Norvegiya va Islandiya Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar tuzdi va Kiyevga yangi yordam paketlarini e’lon qildi. Bitimlar Stokholmda 31 may, juma kuni «Ukraina-Shimoliy Yevropa» sammitida imzolangan.
Shvetsiya 2024-2026 yillarda Rossiyadan himoyalanayotgan Ukrainaga 6,5 milliard yevro ajratadi. Paketga ASC 890 razvedkachi-samolyotlari - «uchar radarlar» kiradi. Kelgusida Ukraina JAS 39 Gripen qiruvchilarini ham olishi mumkin. Bundan tashqari, Stokholm Ukrainaga zirhli texnika, o‘q-dorilar, artilleriya va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib beradi.
Islandiya 2024-2028 yillar uchun Ukrainaga yillik moliyaviy yordam miqdorini 4 milliard krona (29 million dollar) qilib belgiladi. Reykyavik NATO ittifoqchilaridan Ukrainaga harbiy yordam tashishni davom ettirishga, shuningdek, mamlakatga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishga va’da berdi.
Norvegiya joriy yilda Ukrainaga yordam berish uchun taxminan 1,2 milliard yevro ajratmoqda. U Kiyevga F-16 qiruvchi samolyotlari, NASAMS havo mudofaa tizimlari va jihozlarini topshirish niyatida hamda Ukraina Havo kuchlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Stokgolmda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Shvetsiya, Islandiya va Norvegiya bosh vazirlari Ulf Kristersson, Byarni Benediksson hamda Yonas Gar Styorga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, Rossiyaga qarshilik ko‘rsatish faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidladi. Zelenskiy, shuningdek, Kremlni urushni kengaytirish, xususan, Shveytsariyadagi «tinchlik sammiti»ni buzish va Boltiqbo‘yi mintaqasida provokatsiyalar uyushtirish niyatida aybladi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024