Jamiyat | 07:28 / 12.06.2024
2892
1 daqiqa o‘qiladi
400 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, F.A. MChJ rahbari F.J. va boshqalar “Ko‘makay” MFY hududidagi ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 403,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:08 / 24.12.2024
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
09:19 / 19.12.2024
To‘rt viloyatda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
08:14 / 18.12.2024
1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi
09:02 / 16.12.2024