O‘zbekiston | 07:31 / 01.07.2024
12208
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 1 mlrd so‘mdan ortiq soxta pullar yo‘q qilindi

Maxsus yondirib yo‘q qilish tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbirlarda aniqlangan 1 mlrd 200 mln so‘m soxta pul yoqib yuborilgan.

Foto: Navoiy Bojxona boshqarmasi

Navoiyda noqonuniy faoliyatdan olingan mahuslotlar va soxta pullar yoqib yuborildi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘q qilish tadbirida bojxona, prokuratura, MIB, Ekologiya boshqarmalari mas’ul xodimlari qatnashgan.

Tadbirda tegishli organlar tomonidan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy faoliyatdan olingan 13 600 quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaret, 126 mln so‘mlik tibbiy vositalari hamda 1 mlrd 200 mln so‘mlik soxta pullar sud qaroriga asosan tegishli tartibda yondirish yo‘li bilan yo‘q qilingan. 

Oldinroq Toshkentda 2 tonnadan ortiq giyohvand modda yoqib yuborilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid