Fan-texnika | 14:50 / 08.07.2024
4240
2 daqiqa o‘qiladi

“Xuddi quloqchin kabi” - ixcham havo tozalagich taqdim etildi

Qurilma havosi ifloslanib ketayotgan katta shaharlardagi aholi, hamda metrodan tez-tez foydalanadiganlar uchun ayni muddao.

Britaniyaning Lafboro universiteti tadqiqotchilari yonda olib yurishga qulay bo‘lgan havo tozalagichni taqdim qildi.

Aerate deb nomlanuvchi quloqchinga o‘xshab ketuvchi qurilmani bo‘yinga taqib yurish kerak. Qurilma maxsus filtr yordamida havoni tozalab beradi. Bitta filtrning o‘rtacha “umri” 40 soatga teng. 

Ta’kidlanishicha, metroda havodagi PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori Jahon sog‘liq saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan xavfsiz darajadan baland bo‘lishi kuzatiladi. Chunki poyezdlarning g‘ildiraklari va tormozi eskirgan sari havoni ham ifloslantirib boradi. Bu o‘z navbatida yo‘lovchilarning o‘pka hamda yurak-qon tomir tizimiga xavf soladi. Mutaxassislar qurilma havosi ifloslanayotgan katta shaharlar aholisi hamda metro foydalanuvchilariga mos kelishini aytmoqda.

Havo tozalagichni smartfonga o‘rnatiladigan maxsus ilova bilan ishlatish mumkin. Ilova qurilmaning, filtrlarning holati haqida ma’lumot beradi. 

Ushbu qurilma hozircha prototip bo‘lib, uning qachondan seriyali tarzda ishlab chiqarilishi noma’lum.

Mavzuga oid