Sport | 19:57 / 28.07.2024
20100
1 daqiqa o‘qiladi

Lazizbek Mullojonov birinchi bosqichdan o‘tdi

U italiyalik raqibini musobaqadan chiqarib yubordi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi ham o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.

Olimpiada o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslari doirasida o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov (-92 kg) turnirdagi dastlabki jangini o‘tkazdi. Jamoa vakillari orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilgan Lazizbek Mullojonov 1/8 finalda jahon chempionati sovrindori va Yevropa chempioni, italiyalik Aziz Abbos Muhiddin bilan bellashdi.

U dastlabki raunddayoq 4:1 hisobida ustun keldi, ikkinchi va uchinchi raundlarni ham o‘z foydasiga hal qildi.

Shu tariqa, Mullajonov umumiy hisobda 4:1 hisobida ustun kelib chorakfinalga yo‘llanma oldi.

Yarimfinal yo‘llanmasi uchun bahs 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid